Jinoiyatchilikni oldini olish, kriminogen vaziyat, “Qizil” toifadagi mahallalarda tizimli profilaktik tadbirlar bilan doimiy shug’ullanishni yo’lga qo’yish maqsadida joriy yilning 18-fevral kuni Shirin shahar IIB da shahar prokurori Ch. Maxmudov, IIB boshlig’i A. Xolmatov boshchiligida profilaktika inspektorlari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda o’tgan davr mobaynida jinoyatchilik nisbatan oshgan hududlar, asosan qanday turdagi jinyatchilik soni oshganligi kabi tahliliy ma’lumotlar o’qib eshittirildi.
Shuningdek, Shirin shahar prokurori o’rinbosari lavozimiga yangi tayinlangan Sh. Imanov ham yig’ilish davomida soha xdimlariga tanishtirildi.
Yakunda Shirin shahrida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berilib, muhim vazifalar belgilab olindi.
Shirin shahar IIB