Site icon Shirin shahar hokimligi

Hokim yordamchisi tashabbusi bilan hududda qo’shimcha 2 ta zamonaviy chiqindixona quriladi

Xabaringiz bor, Prezident Farmoni bilan har bir tuman hamda shaharlar mahallalar kesimida hokim yordamchilari lavozimi joriy qilinib, hokim yordamchilari har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilandi. Shu bilan bir qatorda, yordamchilar aholi murojaatlarini ijobiy hal etish borasidan ham ko’makchi bo’ladi.
Joriy yilning 29-yanvar kuni Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasida hokim yordamchisi I.Maxmudov boshchiligida mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda hududda qator muammoli masalalarni ijobiy hal etish borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida mahallada yashovchi ayrim fuqarolarning murojaatlariga asosan hududda yana qo’shimcha 2 ta zamonaviy chiqindixona qurish masalalari muhokama qilinib, yakunda bu bo‘yicha kelishuvga erishildi va yaqin vaqt ichida qurilish ishlari boshlanishi ma’lum qilindi.


Ma’lumot uchun, ushbu zamonaviy chiqindixonalar qurilishi natijasida 2 ta ish o‘rni yaratiladi.

Exit mobile version