Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov Turkiyada malaka oshirmoqda (4-kun)

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda O‘zbekiston – Turkiya hukumatlararo komissiyasi bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Respublikasi Prezidentining Inson resurslari ofisi hamkorligida joriy yilning 19-24 dekabr kunlari Turkiya Respublikasida malaka oshirish dasturi ishlab chiqildi. Ayni kunlarda dastur bo‘yicha Respublikamzining bir guruh tashkilot rahbarlari, eng yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan tuman, shahar hokimlaridan iborat delegatsiya uchun Anqara, Istanbul va Koniya munitsipalitetlariga tashrif, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi, turizm, shaharsozlik kabi sohalarda uchrashuvlar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov ham bevosita ishtirok etayotgan ushbu malaka oshirish tabirlari davomida kuni kecha 21-dekabr kuni delegatsiya aʼzolari Ichki ishlar vazirligi, Anqara shahar hokimligi va Oltintog‘ tumani baladiyatida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bugun 22-dekabr kuni Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi, Madaniyat va turizm vazirligiga borish, muzokaralar o‘tkazish, hududlarni rivojlantirish yuzasidan tajribalar almashildi.


Shuningdek, tashrif davomida Turkiya Prezidenti huzuridagi inson resurslari ofisida davlat maslahatchisi Sayim Atay bilan kadrlar boshqaruvi borasida olib borilayotgan tizimli ishlar, yaratilgan turk maʼlumotlar platformasi va boshqa masalalar xususida fikr almashildi. Shundan so‘ng, Madaniyat va turizm vazirligida vazir o‘rinbosari Serdar Kam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida ikki tomonlama madaniy-maʼrifiy sohalarda tajriba almashish, turizm masalalari hamda Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi tarixiy obidalar borasida so‘z yuritildi.

Uchrashuvlar yakunida mezbonlarga delegatsiya a’zolari tomonidan milliy esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Delegatsiyaning Turkiyadagi tashrifi davom etmoqda.


Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Exit mobile version