Site icon Shirin shahar hokimligi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shirin shahar IIB xodimlari bilan uchrashdi

Bugun 29-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Djanibekova Nodira Abdusalomovna Shirin shahriga tashrif buyurdi va shahar Ichki ishlar bo’limi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda bugungi kunda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi loyihasi keng muhokama qilinib, profilaktika inspektorlarining bu boradagi fikr va mulohazalari eshitildi.

Shuningdek, hududlarda huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan muhim vazifalar ta’kidlab o’tildi.

Ma’lumot uchun, Shirin shahrida joriy yilning dastlabki 10 oyida barcha turdagi jinoyatlar 58 tani tashkil etgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyatlar soni 25 taga oshgan.

Shirin shahar IIB

Exit mobile version