Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida mehnat muhofazasi yuzasidan jinoyat muhokamasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 20-oktabr kuni Shirin shahar Mirzo Ulug’bek mahallasi hududida joylashgan “WANGDA ROLLING STEEL” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida shahar sektor rahbarlari hamda korxonaning xitoylik hamda mahalliy ishchi xodimlari ishtirokida jinoyat muhokamasi bo’lib o’tdi.

Ma’lumot uchun, 2021-yil 7-oktabr kuni mazkur korxonada temirni qayta ishlab chiqarish tsexida ishchi bo’lib ishlagan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Xia Xuifan ish joyida yuk ko’tarish kranining ilgichi tushib ketishi oqibatida bosh miya jarohatlanishi natijasida voqea joyida vafot etgan. Shundan so’ng, 19.10.2021 yil Shirin shahar IIB huzuridagi TG tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shirin shahar sektor rahbarlari hamda korxona ishchi xodimlari ishtirokida o’tkazilgan jinoyat muhokamasida shahar hokimi, shahar prokurori hamda shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig’i tomonidan mehnat faoliyati davomida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ishchi xodimlarning mehnat huquqlari va majburiyatlari borasida shuningdek, kelgusida yuqorida qayd etilgani kabi hodisalar ro’y berishini oldini olish hamda ishchi xodimlarning yo’l harakati qoidalariga amal qilishlari yuzasidan shahar YHXB boshlig’i tomonidan
tushuntirish ishlari olib borildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Exit mobile version