Site icon Shirin shahar hokimligi

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni qisqa muddatda tayyorlash markazi tomonidan seminar o’tkazildi

Yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularni kasbga yo’naltirish maqsadida joriy yilning 15-oktabr kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo’limi hamda Sirdaryo viloyati Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni qisqa muddatda tayyorlash markazi hamkorligida yoshlar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda mazkur o’quv markazdagi barcha sharoitlar yoshlarga tanishtirib o’tildi.

Ma’lumot uchun, mazkur o’quv markaz O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4962-sonli qarori bilan tashkil qilingan. Ushbu markazda jami 14 ta yo’nalish bo’yicha kasbga o’qitiladi:

Mazkur o’quv markaz barcha sharoitlarga ega.

Murojaat uchun telefonlar: (97) 247-26-58    (99) 470-97-70

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Exit mobile version