Site icon Shirin shahar hokimligi

12-18 yoshdagi bolalarni emlash bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Shirin shahar hokimligi, tibbiyot birlashmasi, shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda Shirin shahrida joylashgan umumta’lim maktablarida 12-18 yoshdagi o‘quvchilarni ota-onasining roziligi bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi PFIZER vaksinasi bilan emlash bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borildi.

Ma’lumot uchun, PFIZER vaksinasi bilan birinchi doza emlashdan 21 kundan keyin ikkinchi doza bilan emlash jarayoni amalga oshiriladi. Shirin shahrida bugungi kunda 104 nafar 12-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ushbu vaksinaning 1-dozasi bilan emlandi, ularning barchasi tibbiyot xodimlarining nazoratida. Emlanganlar orasida emlashdan so‘nggi nojo‘ya holatlar ro‘yxatga olinmadi.

Shirin shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi

Exit mobile version