O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi 5168-sonli qaroriga muvofiq tuman, shaharlarda yuridik xizmat ko’rsatish markazlar tashkil etilishi belgilangan. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ham yuridik xizmat ko’rsatish markazi tashkil qilindi va Adliya vazirligining tegishli buyrug’iga ko’ra, Alikulov Sherali Turdikulovich Shirin shahar yuridik xizmat ko’rsatish markaziga boshliq etib tayinlandi.
Alikulov Sherali Turdikulovich 1980-yil Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug’ilgan. 2001-yil O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimida ko’plab lavozimlarda ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Sherali Alikulov Shirin shahar hokimligi bosh yuriskonsulti lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati