Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrining bir guruh yoshlari uchun monomarkazga ekskursiya uyushtirildi

Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo’limi hamda Shirin shahar hokimligi tashabbusi bilan joriy yil 7-oktabr kuni Shirin shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilari hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida Guliston shahridagi Monomarkazga ekskursiya uyushtirildi.

Jami 25 nafar yosh qamrab olingan mazkur sayohatda yoshlar ushbu monomarkazda tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik, elektrik, duradgorlik, santexnik hamda maishiy xizmat ko’rsatish, payvandlash o’quv xonalari va undagi jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.
Maktab bitiruvchilari hamda uyushmagan yoshlar uchun tashkil qilinayotgan bunday sayohatlar yoshlarning kasb va hunarga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.

Yoshlari ishlari agentligi Shirin shahar bo’limi

Exit mobile version