Joriy yilning 17-sentyabr kuni Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov Shirin shahar va Boyovut tumani hududida tashkil etilayotgan yangi Issiqlik elektr stansiyasining bosh pudratchisi “CHINA GEZHOUBA GROUP INTERNATIONAL ENGINEERING CENTRAL ASIA” CO. LTD kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi “CHINA GEZHOUBA GROUP INTERNATIONAL ENGINEERING CENTRAL ASIA” CO. LTD kompaniyasi rahbariga Shirin shahrida tashkil etilgan “Yoshlar sanoat zonasi”ni obodonlashtirish va qurilish ishlarida ko‘rsatgan beg‘araz yordami uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, esdalik sovg‘asi va tashakkurnoma taqdim etdi.
Uchrashuv davomida o‘rnatilgan do‘stona munosabatilarni davom ettirish har ikkala tomon uchun ham manfaatli ekanligi ta’kidlangan holda, kelgusida Shirin shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha salmoqli kelishuvlarga erishildi.
Shirin shahar investitsiya va tashqi savdo bo‘limi