O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati kengashining 2021-yil 22-apreldagi tegishli qaroriga ko’ra, Shirin shahrida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Mazkur ko’rik-tanlov “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi”, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkilot”, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” hamda “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyalari asosida tashkil qilinib, jamiyatda har taraflama ijtimoiy faollik ko’rsatib, fidokorona mehnat qilib kelayotgan fuqarolar hamda tashkilotlar ushbu nominatsiyalar asosida tanlab olindi.
Tanlov nominatsiyalariga ko’ra:
- “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi” nominatsiyasi bo’yicha Shirin shahar Bolalar-o’smirlar sport maktabi;
- “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkilot” nominatsiyasi bo’yicha O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Shirin shahar bo’limi;
- “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi bo’yicha YaTT “Andayeva Mo’tabar” tikuvchilik korxonasi;
- “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo’yicha shahar Madaniyat bo’limi to’garak rahbari Raxmatova Gulnora Muhammadiyevna g’olib deb topildi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 15-sentyabr kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida shahar hokimi ishitirokida tanlov g’oliblari tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati