Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida soliq inspeksiyasi xodimlari mehnati e’tirof etildi

Hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari zamirida davlat va mahalliy byudjet mablag’larining ahamiyati ulkan. Byudjet mablag’larining barqarorligi esa soliq tushumlariga chambarchas bog’liqdir. Bu borada soliq tizimi xodimlarining sayi-harakatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi albatta.

Joriy yilning 31-avgust kuni Shirin shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda mahalliy byudjet mablag’larini shakllantirishdagi fidokorona mehnatlari uchun shahar hokimi Sarvar Sultonov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Exit mobile version