Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5204 sonli Qaroriga muvofiq «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan. Shunga ko’ra, joriy yilning 20-avgust kuni Shirin shahrida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo’lgan farzandlari uchun bir martalik moddiy yordam mablag’lari tarqatildi.

Xususan, jami 23 nafar oilalarning farzandlari uchun 500 ming so’mdan jami 25,5 million so’m miqdorida moddiy yordam berildi.

Shirin shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi

Exit mobile version