Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida «Uch avlod» uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda

Bugun O‘zbekiston – yoshlar mamlakati! Har bir farzandning orzu-istaklari uchun qanot bermoqda. Ammo bu nurafshon kunlarga erishguncha yurtimiz boshiga qanchadan qancha musibatlar tushmagan. Tarixda hech bir xalq yoki millat o‘z ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo’lga kiritmagan. Buni tarix kitoblaridan ham, ota-bobolarimiz o‘tmishidan ham bilsak bo’ladi. Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Inson qalbidagi eng buyuk jasorat Vatanga muhabbat tufayli yuzaga keladi.
Zero, Vatani borning baxti bor. Bu hikmat donishmand o‘zbek xalqidan necha asrlar osha bizlargacha yetib kelgan qalb va tafakkur hosilasidir.

Joriy yil 19-avgust hamda 20-avgust kunlari Shirin shahar Amir Temur, Mirzo Ulug’bek mahallalarida bo‘lib o‘tgan “Uch avlod” uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» mavzusida «Uch avlod uchrashuvi» g‘oyasini o‘zida mujassam etgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ul rahbarlar, shahar otinoyisi, xalq ta’limi xodimlari, mahalla nuroniylari va yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda mahalla nuroniylari yoshlarga o‘z hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati, istiqlol yillarida yurtimizda jumladan, shahrimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida o‘zlarining hayotiy misollari orqali tushuncha berib o‘tdi.
Shirin shahri bo’ylab bu kabi fayzli uchrashuvlar davom etmoqda.

Shirin shahar Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi

Exit mobile version