2021-yil 14-avgust kuni Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Shirin shahar idoralararo komissiyasi hamda shahar IIB mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda voyaga yetmaganlar va boshqa fuqarolarga karantin qoidalariga amal qilish, belgilanmagan, noqonuniy o‘tkir tig‘li jismlarni olib yurmaslik, tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarni bemaqsad, ota-onasining qaramog‘isiz yurmasliklarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Reyd tadbirlari davomida qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati