Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida emlash jarayonlari jadal davom etmoqda

Aholini COVID-19 ga qarshi emlash bo‘yicha Shirin shahrida mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shahar hududida jami 3 ta emlash punkti (4-emlash punkti 11-avgustdan faoliyat boshlaydi), 1 ta mobil guruh tashkil qilinib, vaksinatsiya jarayonlari davom ettirilmoqda.

Hududlarda emlash jarayonlari bo‘yicha shahar tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari hamda patranaj hamshiralari tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari, emlashga tayyorgarlik yuzasidan tibbiy ko‘riklar yo‘lga qo‘yilib, mavjud emlash punktlariga borishga qiynaladigan fuqarolar o‘z uylarida mobil guruhlar tomonidan emlanmoqda.

Bugun, 10-avgust kuni ana shunday tadbirlar Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi dala hovlida yashovchi aholi o‘rtasida amalga oshirildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Exit mobile version